O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35-yilligiga bag‘ishlangan “Ona tilim-g‘ururim, faxrim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo’lib o’tdi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Sultanova Rushana Ramilovna kirish so’zi bilan ochib berdi. So’ngra tadbir mehmoni Turon Akademiyasi akademigi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va adabiyotshunos olim G’ofurjon Tojiboyev so’zga chiqib, “Ona tili-millatning ruhi” mavzisida fikrlari va ijodiga mansub she’rlari bilan o’rtoqlashdi.
“Xoreografiya jamoalari rahbari” ta’lim yо‘nalishi talabalari tomonidan aytilgan ona tilimizni tarannum etuvchi she’rlar hamda “San’atshunoslik” ta’lim yо‘nalishi talabalar ijrosidagi go’zal musiqalar davraga o’zgacha jilo berdi.