O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2024-yil 25-oktyabrdagi 527-son buyrug‘iga muvofiq, Bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarining mutaxassislik fanlari bo‘yicha pedagog kadrlarining o‘quv fanidan malakasini o‘rganish va malaka sinovlarini ijodiy shaklda o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tashkil qilindi.
Ishchi guruh tarkibida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shahzoda Xudoynazarova ayni damda Andijon viloyatida bo’lib turibdi.