Joriy yilning 5-noyabr kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori, O’zbekiston xalq artisti Sultanova Rushana Ramilovna O’zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan tashkil etilgan “Kasbim-Faxrim” ko’p janrli Respublika musiqa festivalida ishtirok etdilar hamda festivalni o’tkazishdagi hamkorliklari uchun “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandilar.