Konstitutsiya — bu davlatning asosiy bosh qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllanish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimi, advokatura, prokuratura sohalaridagi bilimlarni belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.
Bugun O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari bilan «Xoreografiya jamoalari rahbari» kafedrasi mudiri, san’atshunoslik fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Gulasal Usmanova hamda «O’zbek tili, Ijtimoiy fanlar va jismoniy tarbiya» kafedrasi mudiri, fililogiya fanlari nomzodi, professor Matluba Murodovalar tomonidan “KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida hayotimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarda Bosh qomusimiz huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishi haqida batafsil ma’lumot berildi.