Joriy yilning 17-dekabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida talabalar uchun kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, internet tarmog‘ida firibgarlikka uchrashning oldini olish mavzusida profilaktika suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur profilaktika suhbatida Yakkasaroy tumani bo’yicha IIO FMB XPB Axborot texnologiyalari sohasida jinoyatlarni oldini olish bo’linmasi boshligi kapitan A.A.Siddiqov, bo’linma inspektorlari, katta leytenant A.K.Quvondiqov, U.B.Tangirovlar tomonidan tegishli malumotlarni olish mumkin bo‘lgan saytlar haqida batafsil malumot hamda ko’rsatmalar berib o’tildi.