XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN!!!

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyul “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-200-son qarori 9-bandi va О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan rejaga muvofiq, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2025-yil 15-may kuni “O’ZBEKISTON VA JAHON XALQLARINING MADANIY HAMKORLIK ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman о‘tkaziladi.

Anjumanda respublikamizda va xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari professor-о‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, doktorantlar, tadqiqotchilar hamda madaniyat va san’at sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.

Maqolalar elektron variantda 2025-yil 1-martga qadar tahrirdan o’tkazilib, tashkiliy qо‘mitaning diana.abdulova@mail.ru elektron manziliga yoki +99893-512-45-95, @aradiya0901 telegramm raqamiga yuborilishi lozim.

 

Axborot xati quyida ilova qilinadi:
о‘zbek tilida 
rus tilida 
ingliz tilida 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan