QUTLUGʻ YOSHINGIZ MUBORAK BOʻLSIN, USTOZ!

Bugun oʻzbek xoreografiya sanʼati fidoiysi, jonkuyar, talabchan ustoz, yetuk sanʼatkor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Qoraqalpogʻiston xalq artisti, «Xoreografiya» kafedrasi dotsenti Sagatov Qoʻrqmas Sagatovich tavalludining muborak 83 yilligi munosabati bilan akademiya rahbariyati ustozni muborakbod etdi.
Tadbirda akademiya rektori Shuxrat Toxtasimov  Q.Sagatovni qutlugʻ yoshi bilan tabriklab, uzoq umr, sihat-salomatlik, kelgusidagi faoliyatida bugungidanda samarali mehnat qilib, sohaning nufuziga yanada nufuz qoʻshishlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, ustozga bir qator hamkasblar – professor-oʻqituvchilar ham samimiy tilak va tabriklarini izhor etishdi.
Akademiyada faoliyat yuritayotgan barcha hodimlar va talaba-shogirdlar nomidan muxtaram ustoz           Q. Sagatovni muborak yoshlari bilan qutlab, sogʻlik, hotirjamlik, sermazmun umrlariga barokatlar tilab, biz shogirdlarga berayotgan taʼlim-tarbiyasi, sohaning rivojiga qoʻshayotgan ulkan hissasi uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan