Kuni kecha, 5-may kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tyutori Saltanat Sultonova reja asosida ijara xonadonlarda yashovchi talabalarning holidan habar oldi.
Ijara xonadonlarda yashayotgan talabalar yashash sharoitlarini o’rganish jarayonida issiq va sovuq suv ta’minotining mavjudligi, elektr, gaz inshootlarining foydalanishga yaroqliligi hamda binolarning sanitariya holati tekshirildi.
Shuningdek, talabalarga xavfsizlik qoidalari, ijara xonadonlarida yashash bilan bog’liq masalalarda doimo tyutor bilan aloqada bo’lishlari kerakligi tushuntirildi.