Ekofaol talabalar

 

#Ekofaol_talabalar
Atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda yashil hududlarni kengaytirish borasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari tomonidan qator amaliy tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

“Ekofaol talabalar” loyihasi doirasida talabalar akademiya hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etib, gul va manzarali daraxt ko‘chatlarini parvarishlash, hudud tozaligini saqlash hamda ekologik targ‘ibot tadbirlarini tashkil etmoqda.

Yoshlarning ekologik mas’uliyatini oshirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish va sog‘lom muhit yaratishga qaratilgan ushbu tashabbuslar talabalarning faolligi va jamoaviy birdamligini namoyon etmoqda.

Ekologiyani asrash — kelajak avlod oldidagi muhim mas’uliyatdir. Shu bois akademiya talabalari “Yashil makon” g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab, ekologik madaniyatni targ‘ib qilishda faol ishtirok etishda davom etmoqda.

22.05.2026

 

 

“Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz”

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bugun talabalar o’rtasida “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” va “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” kabi turli nominatsiyalar bo‘yicha tanlov tashkil etilib, g’oliblar aniqlandi va taqdirlandilar.

Shuningdek, tadbir doirasida mahalla va koʻchalarning tozaligiga rioya qilish, chiqindilarni koʻchalarga tashlamaslik boʻyicha tarbiyaviy tashviqotlar olib borildi.

 

 

 

Biz befarq emasmiz – tabiatni asraylik

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida atrof-muhitni muhofaza qilish va atmosfera sifatini yaxshilashga qaratilgan kompleks ekologik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar hududda chang zarralarining tarqalishini oldini olish hamda yashil makon barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Akademiya hududidagi barcha o‘rnatilgan suv purkagich tizimlari ishga tushirilib, gazonlar va bog‘lar muntazam sug‘orilmoqda. Ushbu choralar hududda ekologik barqarorlikni mustahkamlab, yashil makonning sog‘lom va ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi.

Atmosfera havosiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan chiqindilar qat’iy nazorat ostiga olinib, ular belgilangan talablarga muvofiq tarzda xavfsiz ko‘mildi. Bu jarayon ekologik xavfsizlikni ta’minlash bilan birga, barqaror ekologik tizimni shakllantirishga xizmat qiladi.

Mazkur tashabbuslar akademiya jamoasi va yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyat bilan munosabatni kuchaytirish hamda sog‘lom muhit yaratishga qo‘shimcha turtki bermoqda.