Dolzarb 90 kun

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida” 2024-yil 12-sentyabrdagi PQ-323-son qarorining 6-bandida Mirzo Ulugʻbekning hayoti, uning davlat arbobi sifatidagi faoliyati hamda jahon ilm-fani va tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida, shuningdek, taʼlim tashkilotlari va mehnat jamoalarida keng targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish choralarini koʻrish vazifasi belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini amalga oshirish hamda talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, akademiya xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchi R.Axmedova tashabbusi bilan «Biz Mirzo Ulug’bek avlodlarimiz» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida talabalar buyuk mutafakkir olim, davlat arbobi Mirzo Ulug’bekning hayoti uning jamiyatimiz taraqqiyotidagi o’rni xususida suhbatlashdilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan