“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 3-iyun kuni qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, tadbirda ishtirok etish uchun Yakkasaroy tumanidagi 91-sonli, Mirobod tumanidagi 294 va 328-sonli umumta’lim maktablari vakillari, o‘quvchilari va ularning ota-onalari taklif etildilar.

Tadbirning badiiy qismida akademiya ijodiy jamoasi tomonidan konsert dasturi namoyish etilib, akademiya talabalari ijrosida mumtoz va klassik raqslar, fleshmoblar o’tkazildi. Shuningdek, o‘quvchilar uchun akademiya binosi bo‘ylab tanishuv ekskursiyasi hamda shaxmat, shashka, stol tennisi kabi sport musobaqalari tashkil etildi.

G‘oliblar va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir yakunida ishtirokchilar akademiya jamoasi bilan birgalikda raqsga tushib, iliq va unutilmas taassurotlarga ega bo‘ldilar.

Mazkur tadbir yoshlarda san’at va sportga bo‘lgan mehrni oshirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratish, shuningdek, milliy qadriyatlarimizga hurmat va e’tibor hissini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan