O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bo’lib o’tadigan kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.
Sizlardan ushbu (my.uzbmb.uz) saytiga kirib o’zingizni ruxsatnomangizni yuklab olishingiz hamda kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanishidan 1 soat oldin shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) hamda mazkur ruxsatnoma bilan O’zbekistin davlat xoreografiya akademiyasiga yetib kelishlarngiz so’raladi.
Jadval bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga (imtihon bosqichi yoki turiga) kelmagan abituriyentlar uchun qayta kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmaydi, ular navbatdagi imtihonlarga qo‘yilmaydi hamda o‘qishga qabul qilinmaydi.
Ushbu ruxsatnoma faqatgina kasbiy (ijodiy) imtihonda ishtirok etish uchun amal qiladi (test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnoma alohida shakllantiriladi).