O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalar turar joyida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori R.Sultonova boshchiligida TTJ mudirasi N.Safayeva, tyutor R.Axmedovalar tomonidan navbatdagi profilaktik-nazorat ishlari o’tkazildi.
Talabalar turar joyi (TTJ)da profilaktik nazorat tadbiri o‘tkazildi. Nazorat vaqtida turar joy hududi, sanitariya-gigiyena sharoiti, mebel va texnika jihozlari hamda yotoqxona ko‘rpa-to‘shaklari holati tekshirildi. Bundan tashqari, Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar turar joyidagi tozalik, tartib-intizom va ijtimoiy-ma’naviy muhit holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur profilaktik nazorat chora-tadbirlari talabalar turar joyidagi sog‘lom va barqaror muhitni yanada mustahkamlashga qaratilgan.