2024-2025 О‘quv yili bitiruvchilarining bandligini ta’minlash hamda doimiy monitoringini olib borish bо‘yicha yig‘ilishi о‘tkazildi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 8-avgust kuni о‘tkazilgan Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi va О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 13-avgustdagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligi monitoringini samarali tashkil etish tо‘g‘risida”gi 299-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida,
21-avgust kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2024-2025 О‘quv yili bitiruvchilarining bandligini ta’minlash hamda doimiy monitoringini olib borish bо‘yicha akademiya rektori Sh.Toxtasimov boshchiligidagi mas’ullar yig‘ilishi о‘tkazildi.

Yig‘ilishda bandlikni ta’minlash xususida tuzilgan shtab a’zolariga maqsadli topshiriqlar berildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan