Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi birinchi bosqich talabalari yoshlar murabbiysi S.Sultanova va yoshlar yetakchisi H.Xalilov boshchiligida 1880-yillarda qurilgan va o’zida tarixni saqlab qola olgan, restavratsiyadan so‘ng o‘qish va ijod markaziga aylangan bino – Respublika bolalar kutubxonasida bo’ldilar.
Mazkur kutubxonada 220 mingdan ortiq kitob mavjud bo’lib, elektron boshqaruv tizimi bilan jihozlangan, shu bilan birga kompyuter sinflari, ovoz yozish studiyasi, mini-tipografiya, ochiq osmon ostidagi amfiteatr, ma’ruzalar zali va individual ishlash kabinalari kabi hozirgi zamon talablariga javob beruvchi qo’shimcha qulayliklarni ham o’zida mujassam qilgan ushbu dargohga kirish erkindir.
Kitoblarning sehrli olamiga safar qilgan talabalar uchun bu maskan yangi bilim va ilhom sari katta qadam bo‘ldi.