Dual ta’lim islohotlari

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.01.2025 yildagi “Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni joriy etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 14-son qarori hamda О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 4/1-son hay’at qarori va akademiya Kengashining 2025-yil 28-martdagi 9-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, О‘zbekiston davlat filarmoniyasi bazasida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi filiali tashkil etilgan edi.

An’anaviy ta’lim shaklida o‘quvchi/talaba oliy yoki professional ta’lim muassasasida nazariy bilimlarni ko‘proq egallab, amaliyot qismini juda oz soatlarda korxona va tashkilotlarda o‘taydi, Ishlab chiqarish, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishchi kasb va mutaxassisliklarga bo‘lgan ehtiyoj juda yuqori ko‘rsatkichlarni tashkil etadi.

Rivojlangan mamlakatlarning ta’lim tizimi o‘rganilib, zamonaviy texnologiyalar va dastgohlarda o‘qish bilan bir vaqtda korxona, tashkilotlarda ish faoliyatini olib borish imkoniyatini beruvchi dual ta’lim shakli O‘zbekiston ta’lim tizimiga ham kiritildi.

Dual ta’limning asosiy maqsadi talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ta’lim olayotgan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, talabalar uchun tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, korxonalarda ishlab chiqarish (shuningdek, tashkiliy-boshqaruv) faoliyatiga oid tajribalarni o‘rganishni tashkil etish, kasbiy va ijodiy qiziqishlarini rivojlantirish, bitiruvchilarning zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ishlashi uchun zarur amaliy ko‘ikma, malakalarga ega bo‘lishini ta’minlash, oliy ta’lim tashkiloti va korxonada o‘qitish, shuningdek, oliy ta’lim tashkilotining o‘quv jarayoniga yangi o‘qitish texnologiyalarini joriy etish orqali talabalarning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat bo‘ladi.

Shu boisdan joriy yilning 26-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi mudiri G.Usmanova hamda kafedra professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda О‘zbekiston davlat filarmoniyasi bazasida tashkil etilgan “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasida bo‘lib, kafedraning faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilarga jamoatchilik asosida kafedra filiali mudiri sifatida faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston xalq artisti, professor Qodir Muminov tanishtirildi. Professor-o‘qituvchilar bilan suhbat chog’ida kafedra faoliyatini samarali olib boorish yuzasidan takliflar eshitildi va filialining istiqbol rejasi ishlab chiqildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan