Akademiyada maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Bugun Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni sogʻlom fikrli va mustahkam eʼtiqodli qilib tarbiyalashga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi Abduraxmonov Ixtiyor Baxtiyorovich ishtirok etib, “Jaholatga qarshi – maʼrifat bilan kurash!” va “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida akademiya talabalari uchun maʼruza oʻqidi.

Maʼruzada bugungi kunda yoshlar ongini turli zararli gʻoyalar va yot taʼsirlardan asrash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, jamiyat taraqqiyotida maʼnaviyatning oʻrni, yoshlarning barkamol shaxs boʻlib ulgʻayishida ilm-maʼrifatning beqiyos ahamiyati alohida taʼkidlandi.

Tadbir jarayonida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi, hamda bugungi kunning eng dolzarb mavzulari boʻyicha chuqur maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Maʼlumki, bunday uchrashuvlar yoshlarning maʼnaviy olamini boyitish, ularda yuksak fuqarolik masʼuliyati, vatanparvarlik va insonparvarlik tuygʻularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan