Talabalarning ijara sharoitlari o‘rganilmoqda.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari yashayotgan ijara xonadonlardagi sharoitlarni o‘rganish maqsadida o‘quv yili boshidan boshlab akademiya mas’ul xodimlari muntazam talabalar holidan habar olib, nazorat qilmoqda.

Navbatdagi uchrashuv davomida akademiya profilaktika inspektori Guzal Matissakova, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha dekan o‘rinbosari Jasur Saidov hamda tyutor Saltanat Sultonovalar hamkorlikda talabalarning ijara xonadonlarida bo’lib, ularning turmush tarzi, yashash sharoitlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarliklari, yong’in xavfsizligi bo’yicha holatlarini organib, to’liq ko‘zdan kechirdilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan