Ikki mamlakat – ikki madaniyat – bir sahna!
Joriy yilning 16-noyabr kuni Özbekistan davlat xoreografiya akademiyasida Malayziyaning xalqaro e’tirof etilgan oliy ta’lim muassasalari TOP-1000 talik reytingidan örin olgan Universiti Malaysia Pahang Al-Sultan Abdullah (UMPSA) universiteti huzuridagi “SMASS” ijodiy delegatsiyasi iştirokida xalqaro madaniy-ijodiy tadbir bölib ötdi.
Tadbir doirasida özbek va malayziyalik ijroçilarning qöşma konsert dasturi tashkil etilib, unda ikki mamlakat vakillari öz milliy raqs san’ati namunalari, öziga xos ijro uslublari va xoreografik ijod an’analarini namoyiş etdilar.
Malayziyalik mehmonlar tomonidan “Zapin Laksmana”, “Borneo Dance Medley” va “Borneo Trio – Ngajat” kabi an’anaviy raqs kompozitsiyalari taqdim etildi. Akademiya talabalari esa özbek milliy xoreografiya san’atining boyligi, rang-barangligi va betakrorligini namoyon etuvçi çiqişlari bilan iştirok etdilar.
Qöşma konsert dasturi orqali har ikki xalqning milliy raqs san’ati, ijro mahorati va madaniy qadriyatlari keng namoyon etildi. Turli raqs kompozitsiyalari vositasida xalqlar örtasidagi döstlik, özaro hurmat va madaniy yaqinlik ğoyalari tarannum etildi.
Mazkur ijodiy uçraşuv ikki xalqning madaniy merosi va san’at an’analarini özaro tanitiş, raqs san’atini xalqaro miqyosda keng tarğib etiş, professional tajriba almaşiş hamda ikki mamlakat ta’lim muassasalari örtasidagi ijodiy va xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.









