2025-yil 9–11-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi — “InnoWeek–2025”ning ochilish marosimida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi ustoz va talabalari faol ishtirok etmoqda
“InnoWeek–2025” — bu ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi eng ilg‘or ishlanmalarni namoyish etish uchun muhim platforma. Bu yerda sizni ko‘rgazmalar, panel sessiyalar, startaplar taqdimotlari, xalqaro ekspertlarning chiqishlari hamda keng ko‘lamli networking imkoniyatlari kutmoqda.