“O‘zbek tili haftaligi”doirasida 22-oktyabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Axborot-resurs markazi”da “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi, “Ma’naviy hayot” jurnali hamda akademiya Yoshlar ittifoqi hamkorligida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan ifodali she’r o‘qish Xalqaro tanlovi hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Shuxrat Toxtasimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tanlovda Javoharla’l Neru universiteti qoshidagi Fors tili va Markaziy Osiyo tadqiqotlar markazi rahbari, filologiya fanlari doktori, professor, boburshunos olim Ahloq Ahmad Axan, Turkiya Respublikasi Nede universiteti professori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Mustafo Qo‘rqmas, Shvetsiyayozuvchilar uyushmasi a’zosi, Butunjahon Uyg‘ur ijodkorlari uyushmasi raisi, taniqli shoir va tarjimon Abdushukur Muhammad janoblari hakamlik qilishdi.
Shuningdek, tanlov doirasida taniqli shoir va tarjimon A’zam O‘ktam tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlangan tadbir hamda Qo‘qon universitetida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bilan hamkorlikda chop etilgan “Globallashuv sharoitida ona tili va adabiyotining ijtimoiy ahamiyati va uni saqlash tamoyillari” nomli to‘plamning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro tanlovda I-darajali diplom “San’atshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Iroda Axmadovaga, II-darajali diplom Magistrant Diyorbek Amonovga, III-darajali diplom Jamshidbek Mirsoliyevlarga nasib qildi. Zamira Mirg‘iyosova 4-bosqich, Bekzod Turmamatov 3-bosqich, Adiba Fayzullayeva 2-bosqich, Fezura Abdurasulova 1-bosqich talabalari tanlovda munosib ishtirok etib sertifikat va yangi kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.








