Bugun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi dotsenti, ko‘p yillik samarali mehnati, boy tajribasi va fidokorona faoliyati bilan yurtimiz xoreografiya san’ati rivojiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan Iskandarova Roza Rahmanovna muborak 81 yoshni qarshiladilar.
Qadrli Roza Rahmanovna!
Akademiya jamoasi nomidan Sizni qutlug‘ tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizning boy hayotiy tajribangiz, yuksak kasbiy mahoratingiz, talabalar tarbiyasi yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz, shuningdek, Siz tarbiyalab voyaga yetkazgan shogirdlaringiz yutuqlari hamda erishgan hurmat-e’tibor Sizning sharafli umr yo‘lingizni yanada mazmunli qilayotgani shubhasiz.
Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, doimo shogirdlaringiz mehri ila o‘ralgan nurli va fayzli kunlar tilaymiz!
Eng ezgu tilaklar bugun va doimo Siz bilan bo‘lsin!