Bugun, 3-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Shuxrat Toxtasimov rahbarligida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Nargiza Alimovalar tomonidan Talabalar turar joyi ko‘zdan kechirildi.
O’rganish davomida talabalar yashash sharoitlari, xonalar va umumiy foydalanish hududlarining holati bilan tanishildi. Shuningdek, turar joyda istiqomat qilayotgan talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning o‘qish jarayoni, kundalik turmush sharoitlari va mavjud muammolari yuzasidan fikrlari tinglandi.
Ko‘rik yakunida talabalar turar joyidagi sharoitlarni yanada yaxshilash, qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.





