Davra suhbati

Kuni kecha, 3-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida talabalar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan huquqiy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbarligida qabul qilingan 2024-yil 25-martdagi 06/12-sonli Qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi. Shuningdek, tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi 207-sonli Farmoni ijrosi, aholi salomatligini, ayniqsa yoshlarni giyohvandlik va narkojinoyatlardan himoya qilish, axborot va kiberxavfsizlikni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbir Yakkasaroy tumani IIO FMB 3-son PKI katta leytenant G.T.Matisakova, Yakkasaroy tumani IIB ATSJOOB inspektori, katta leytenant A.A.Mamayusupov hamda safdor O.A.Sayakov hamkorligida o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida talabalarga raqamli muhitda xavfsiz harakatlanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kiberjinoyatchilikning oldini olish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalalari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan