Bugun, 17-aprel kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Shuxrat Toxtasimov Talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari, kundalik ehtiyojlari hamda o‘qish jarayoniga oid masalalar haqida suhbat qildi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, mavjud muammolar va takliflar tinglandi. Rektor tomonidan bildirilgan fikrlar, berilgan topshiriqlar talabalarning yanada qulay va samarali muhitda tahsil olishlariga xizmat qiladi.



