Hurmatli ustozlar, aziz san’at ahli va qadrli talabalar!

Sizlarni 29-aprel – “Xalqaro raqs kuni” bilan samimiy muborakbod etamiz!

Raqs san’ati inson qalbining eng nozik tuyg‘ularini ifoda etuvchi, milliy an’analarimiz va umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan betakror san’at turidir. Ushbu san’at orqali xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalar mustahkamlanadi, go‘zallik va nafosat tarannum etiladi.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz ilhom, ijodiy yutuqlar hamda san’at yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan