Eng ulug‘ g‘oyamiz:  “Jaholatga qarshi — ma’rifat»

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Yakkasaroy tuman hokimligi hamda Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Yakkasaroy tumanida joylashgan O‘zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasi talabalari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali sohibi M.Xidirov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Tadbir davomida jamiyatga zid bo‘lgan yot g‘oyalardan asrash, turli radikal oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarning axborot xavfsizligini ta’minlash, internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan zararli axborotlardan ogoh bo’lish kerakligi ta’kidlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan