Talaba-yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish, intellektual salohiyatini oshirish va ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish hamda ilg‘or tajribalardan keng foydalanish, ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yо‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shu bilan birga iste’dodli yoshlarni respublikaning nufuzli ta’lim tashkilotlari talabalari bilan tajriba almashinuvini tashkil etish maqsadida, joriy yilning 15-may kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “MUSIQA TA’LIMI: JAHON MIQYOSIDA YAGONA MAYDON SARI” xalqaro ilmiy-amaliy forum doirasida “SAN’AT OLAMI – TALABALAR NIGOHIDA” mavzusidagi III respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.




























