Muzey!

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari tyutor M.Jo‘rayeva hamrohligida atoqli o‘zbek adibi Abdulla Qahhor uy-muzeyini tomosha qilib, adibning boy ijodiy merosi, hayoti va faoliyatiga oid tarixiy eksponatlar, qo‘lyozmalar hamda esdalik buyumlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya yoshlarning milliy adabiyot va madaniy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda buyuk adiblar ijodiga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Talabalar muzeydagi noyob eksponatlar orqali Abdulla Qahhorning serqirra ijodi va o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan