Atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda yashil hududlarni kengaytirish borasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari tomonidan qator amaliy tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
“Ekofaol talabalar” loyihasi doirasida talabalar akademiya hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etib, gul va manzarali daraxt ko‘chatlarini parvarishlash, hudud tozaligini saqlash hamda ekologik targ‘ibot tadbirlarini tashkil etmoqda.
Yoshlarning ekologik mas’uliyatini oshirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish va sog‘lom muhit yaratishga qaratilgan ushbu tashabbuslar talabalarning faolligi va jamoaviy birdamligini namoyon etmoqda.
Ekologiyani asrash — kelajak avlod oldidagi muhim mas’uliyatdir. Shu bois akademiya talabalari “Yashil makon” g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab, ekologik madaniyatni targ‘ib qilishda faol ishtirok etishda davom etmoqda.



