Bu galgi yangilangan versiyada qanday o‘zgarishlar va yangi imkoniyatlar yaratildi?
OTMlarning o‘quv jarayonida qatnashmaydigan xodimlari uchun tizimda alohida Yordamchi-texnik roli qo‘shildi;
Tizim “Yagona milliy mehnat tizimi” bilan bog‘landi. Endi yangi xodim qo‘shishda uning ma’lumotlari ushbu bazadan avtomatik tekshiriladi;
Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlash buyrug‘i funksiyasi ishlab chiqildi;
Talabalar va mas’ullar endi shartnomalar, to‘lovlar va qarzdorlik haqidagi ma’lumotlarni billing tizimi orqali real vaqt rejimida ko‘rishlari mumkin;
Tizim Sog‘liqni saqlash vazirligining DMED tizimi bilan integratsiya qilindi. Endi talabalarning kasallik sababli dars qoldirgani haqidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda tekshiriladi;
Talaba profilida hujjatlarni plagiatga tekshirish uchun yuklash hamda mas’ullar tomonidan ushbu jarayonni boshqarish imkoniyati yaratildi;
Tizimga dars qoldirish sabablarini tizimlashtiruvchi yangi bo‘lim qo‘shildi.
Asosiy yangilik: Endi kasallik varaqalari uchun qo‘shimcha ovvoragarchiliklar kamayadi, chunki tizimlar bir-biri bilan bog‘landi.