Sport-intellektual musobaqa g‘oliblari aniqlandi!

Joriy yilning 5-iyun kuni “Posboningmiz – O‘zbekiston” shiori ostida Talabalar turar joyi hududida barcha kurs talabalari ishtirokida qizg‘in va murosasiz sport-intellektual musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

🏆Tyutor S.Sultonova hamda Yoshlar yetakchisi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda talabalar quyidagi yo‘nalishlarda o‘z mahoratlarini ko‘rsatdilar:
Shaxmat-shashka – aql-zakovat va strategiya bahsi;
🏓 Stol tennisi – tezkorlik va chaqqonlik bellashuvi.

📊 Quvonarlisi, talabalarning ushbu tadbirdagi faolligi ularning akademiya hayotidagi ijtimoiy faolligini baholashda muhim omil sifatida inobatga olinadi.

🎁 G‘oliblar munosib rag‘batlantirildi! Musobaqa yakunida faol yoshlar va g‘oliblar akademiya ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari hamda Yoshlar ittifoqi tomonidan eng sara asarlarni jamlagan “1000 kitob” loyihasi kitoblari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar!

🎉 G‘oliblarni tabriklaymiz va barcha yoshlarni keyingi tadbirlarda ham mana shunday faol bo‘lishga chorlaymiz!

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan