Kuni kecha O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 1-bosqich talabalari uchun Toshkent shahar IIBBning “Shon-sharaf” muzeyiga Yakkasaroy tumani IIB profilaktika katta inspektori G.Matisakova tomonidan tashkil etilgan ma’rifiy ekskursiyada akademiya tyutori S.Sultanova hamda Yoshlar yetakchisi J.Mirsoliyevlar hamrohlik qildilar.
Muzey ekskursiyasi davomida talabalar ichki ishlar organlari tizimining shakllanish tarixi, Vatan tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilgan fidoyi xodimlarning faoliyati hamda muzeyda saqlanayotgan tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Bu kabi ma’rifiy ekskursiyalar talaba-yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, tarixiy xotiraga hurmat va yurt taqdiriga daxldorlik hissini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.








