O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar va xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida bugun, 24-iyun sanasida “Talaba Fest – 2026” festivali doirasida mini futbol musobaqasi tashkil etildi.
⚽️Musobaqada akademiyaning faol, tashabbuskor va sportsevar talabalari bilan bir qatorda xodimlar ham faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, jamoaviy hamjihatligi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
🏆 Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda kechib, ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitining shakllanishiga xizmat qildi. Musobaqa davomida sport orqali do‘stlik, hamjihatlik, o‘zaro hurmat va jamoaviylik kabi muhim fazilatlar yanada mustahkamlandi.
🎓 “Talaba Fest – 2026” festivali doirasida o‘tkazilayotgan bunday sport tadbirlari talaba-yoshlar hamda akademiya jamoasining jismoniy va ma’naviy barkamolligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qilmoqda.
🎉 Musobaqada faol ishtirok etgan barcha talabalar va xodimlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz hamda g‘olib jamoalarni muborakbod etamiz. Ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz!







