O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2025-yil 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 15-17-iyun kunlari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligi va samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan 24 soatlik o‘quv kursi bo’lib o’tdi.
Mazkur o‘quv kursida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Nargiza Alimova ham ishtirok etdi.
O‘quv kursi doirasida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish, yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.


