Xabaringiz bor oltin kuzning muhim hodisalaridan biri – 5-sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi akademik katta teatrida «Lazgi» baletining premyerasi boʻlib oʻtdi.
2019-yilda YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan 3000-yillik tarixga ega «Lazgi» raqsiga bo’lgan qiziqish dunyo bo’ylab tobora ortib bormoqda.
Joriy yilning 28-sentyabr kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida «Lazgi – muhabbat va qalb raqsi» mavzusida amaliy anjuman boʻlib oʻtdi. Unda Germaniya Respublikasidan tashrif buyurgan raqs tanqidchisi Aridt Vezemain hamda xoreograf Helena Valtmannlar ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining professor-oʻqituvchilari «Lazgi» raqsining paydo boʻlishi, afsonalar, liboslar haqida qizgʻin bahs-munozaralar olib borishdi. Akademiyaning iqtidorli talabalari tomonidan ijro etilgan «Uchlik uffori» raqsi mehmonlarda ulkan taasurot qoldirganini his-hayajon bilan aytib berishdi.
Tadbir yakunida mehmonlar uchun akademiyamiz tomonidan turli esdalik sovgʻalar taqdim etildi.