O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida joriy yilning 5-oktyabridan boshlab O’zbekiston raqs san’ati ijodiy birlashmasi ko’magida italiyalik raqqosa, pedagog, xoreograf va IVIR Danza kompaniyasining badiiy rahbari Irma Kardano (Irma Cardano) ishtirokida zamonaviy raqs bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazilmoqda.
Mahorat darslari davomida akademiya talabalari zamonaviy xoreografik texnikalar bilan tanishib, ijrochilik mahoratini takomillashtirmoqda hamda xorijiy mutaxassisning professional tajribasidan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.





