“Yangi O‘zbekiston iqtidorlari”: yosh iste’dodlar xalqaro sahnada

Joriy yilning 11-oktyabr kuni Toshkent shahrida san’atning barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan “Yangi O‘zbekiston iqtidorlari” xalqaro ko‘rik-tanlovining II mavsumi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘i asosida tasdiqlangan, “San’at va madaniyat sohasida yosh iste’dodlarni yuzaga chiqarish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar” ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.

🫥 Tanlov ishtirokchilarining chiqishlari tajribali mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Hakamlar hay’ati raisi sifatida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi dotsenti v.b., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shaxzoda Xudoynazarova ishtirok etdi.

⭐️Tanlovning asosiy maqsadi — iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularning ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish, san’atga bo‘lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish hamda kelajakda professional ijodiy faoliyat sari dadil qadam tashlashlarini rag‘batlantirishdan iborat.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan