Bugun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan talaba-yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
♾ Uchrashuvda akademiyaning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori N.Alimova, Yakkasaroy tumani hokimining o‘rinbosari D.Rasulmuxamedov hamda tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i H.Rajapov ishtirok etdilar.
💬Go’zal raqs bilan boshlangan ochiq muloqot davomida mas’ullar va talaba-yoshlarning samimiy va mazmunli suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli soha vakillaridan javob va tushuntirishlar oldilar.
✅Shuningdek, yoshlarning intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda rahbarlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



