Bugun O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida akademiya rektori Sh.Toxtasimov va 1-kurs magistrantlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Sh.Toxtasimov magistrantlar bilan ularning ilmiy izlanishlari mavzulari, tadqiqot ishining qanchalik dolzarbligi, yangiligi borasida suhbatlashdi. Magistrantlarga ilmiy tadqiqot olib borishda qay jihatlarga e’tibor qaratish zarurligi haqida maslahatlar berdi.
Shuningdek, Magistratura bo’limi boshlig’i M.Adasheva magistrantlarga Magistratura to’g’risidagi Nizomni taqdim etib, ular bilan kelgusida reja asosida qilinishi zarur bo’lgan masalalar yuzasidan suhbatlashdi.