Joriy yilning 20-yanvar kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida mustaqil izlanuvchi To’maris Butunboyeva tomonidan “Xoreografiya sohasi pedagogining kasbiy malakasini ijodiy rivojlantirish” mavzusida filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun himoya qilgan dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy seminar o’tkazildi.
Ushbu seminar lmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor M.Gʻofurov, Yosh olimlar kengashi raisi M.Adasheva va uning a’zolari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Seminar davomida yosh tadqiqotchilar ilmiy daraja olishda e’tibor qaratishi zarur bo’lgan jihatlar haqida kerakli ma’lumotlarga ega boʻldilar.