SEMINAR-TRENING BO`LIB O`TDI

Talabalarning qishki ta’til kunlarini mazmunli va samarali o’tkazish maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida masofaviy tarzda tashkil etilgan seminar-trening va turli intellektual viktorinalar doirasida bugun, 22-yanvar kuni akademiya Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Gender tengligi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Mavluda Adasheva tomonidan Gender tengligi tushunchasi, uning jamiyat rivojida, ijtimoiy munosabatlarda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi, oilada, jamiyatda, ayniqsa, davlatimiz tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, qonunchilikda amalga oshirilgan katta o’zgarishlar to’g’risida talabalarga atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, mavzu yuzasidan savollar tayyorlanib, eng bilimdon talaba aniqlandi. Savollarga eng ko’p to’g’ri javoblar yo’llagan «San’atshunoslik» ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi Qurbonova Gulmira g’olib deb topildi.

Qolaversa, akademiyada tashkil etilgan viktorinalarda faol ishtirok etib kelayotgan O’zDXA Urganch filiali talabalari orasida «Xoreogrfiya jamoalari rahbari» ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi Adambayeva Sadoqat eng faol talaba sifatida alohida e’tirof etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan