SEMINAR-TRENING BO’LIB O’TDI

Joriy yilning 24-yanvaridan boshlab, bir oy muddat davomida ta’lim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklda olib borilishi munosabat bilan O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida onlayn tarzda tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida bugun,1-fevral kuni “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi oʻqituvchisi Raʼno Xolmatova tomonidan “Baxtli insonlar dunyoni yaxshi tomonga oʻzgartiradilar” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.

Seminar-treningda inson o’zida baxt tuyg’usini to’la his etishi, ish faoliyatidagi barcha xolatlarda ijobiylikni saqlab qolish va muvaffaqiyat sirlari haqida taqdimot, psixologik test va davra suhbati bo’lib o’tdi.

Seminar-trening qiziqarli savol-javoblar, fikr-mulohazalarga boy, mazmunli bo’lib o’tgani bilan ishtirokchilarda katta taasurot qoldirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan