OTA-ONALAR BILAN OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI

Joriy yilning 1-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida ZOOM platformasi orqali akademiya rahbariyati va talabalarning ota-onalari ishtirokida masofaviy (onlayn) ochiq muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqotni Yoshlar masalalari va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor N.Qosimov kirish sо‘zi bilan ochib, ota-onalarga akademiyada olib borilayotgan islohotlar, talabalarga yaratilayotgan shart-sharoyitlar, ochiq mudoqotning mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berdi.

Shundan so’ng sо‘z “Xoreografiya san’ati” fakulteti dekani M.Xolmurodovaga berilib, u onlayn (masofaviy) darslarning tashkil etilishi, xususan, Kredit-modul ta’lim platformasi, HEMIS axborot tizimi haqida, shuningdek, talabalarning onlayn dars jarayonlaridagi ishtiroki yuzasidan ma’lumotlar berib о‘tdi.

Ochiq muloqotda talabalarning ota-onalari tomonidan shartnoma tо‘lovlari va onlayn ta’lim jarayonlarida internetdan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolar tо‘g‘risida savollar berilib, ushbu savollarga muloqotda ishtirok etayotgan mas’ullar tomonidan batafsil javob berildi. Shuningdek, shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalarning shartnoma to‘lovlari xususidagi savollarga Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i B.Alimov batafsil javob berish bilan bir qatorda, shartnoma to‘lovlarining o‘z vaqtida amalga oshirilmasligining oqibatlari haqida atroflicha tushuntirishlar berib o‘tdi.

Ushbu ochiq muloqotda mavjud muammolarga yechim, savol-javoblardan tashqari ota-onalarning minnatdorchiliklari tinglanib, bu kabi muloqotlar doimiy tarzda tashkil etilib borish taklifi bildirildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan