OCHIQ MULOQOT BO`LIB O`TDI

Joriy yilning 3-fevral kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi tasarrufida tashkil etilgan “Axborot texnologiyalari” va “Shaxmat shashka” fan toʻgaraklari faoliyati boʻyicha toʻgarak rahbari M. Adasheva talabalar bilan ochiq muloqot o’tkazdi.

Ochiq muloqotda kafedra tomonidan tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyati, musobaqalar, respublika fan olimpiadasining 1-bosqichi toʻgʻrisida, shuningdek, 1-kurs talabalariga mazkur o’quv yilining 2-semestrida olib boriladigan “Xoreografiya sanʼatida axborot texnologiyalaridan foydalanish” fani boʻyicha ham maʼlumotlar berib o’tdi.

Qolaversa, toʻgarak qoshida oʻtkazilishi rejalashtirilgan ushbu yilgi fan olimpiadasi shartlari boʻyicha talabalarga uy vazifalari berildi.

Muloqot davomida talabalar bilan kelgusida to’garaklarda reja asosida bajarilishi kerak boʻlgan vazifalar hususida kelishib olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan