HAMKORLIK DOIRASIDA MAHORAT DARSI TASHKIL ETILDI

О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya” kafedrasi dotsenti Erkinoy Saitova hamda о‘qituvchi Irina Sultangirovalar tomonidan joriy yilning 3-mart kuni Toshkent shahar 4-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi о‘quvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi.

Besh muhim tashabbus doirasida ustoz-shogird an’analarini yanada rivojlantirish asosida tashkil etilgan ushbu mahorat darsida xoreografiya yо‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan о‘quvchilarga о‘zbek raqs hamda klassik raqs asoslaridan saboq berildi.

Mashg‘ulotlar jarayonida о‘quvchi-yoshlarning iqtidori va mahorati ham baholanib, ularga о‘z ustilarida yanada kо‘proq ishlashlari, raqs san’atini ham amaliy, ham nazariy jihatdan mukammal о‘rganishlari zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Qiziqarli savol-javob, turli fikr-mulohazalarga boy tarzda bo‘lib о‘tgan ushbu mahorat darsida о‘quvchilar о‘zlari uchun katta taasurot va bilim-kо‘nikmalarga ega bо‘ldilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan