Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan 2021-yil 27-mart kuni Toshkent shahrida joylashgan Rus madaniyat markazi boshligʻi S.A.Mironov va Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Sh.M.Toxtasimov oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandumda ikki millatning urf-odat, anʼanalarini yanada mustahkamlash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni barkamol shaxs boʻlib ulgʻayishida samarali taʼsir etuvchi koʻplab madaniy-maʼrifiy tadbirlar xususan, festival, koʻrgazma, konsert, anjuman, hayriya aksiyalarini tashkil etish va amalga oshirish masalalari kelishib olindi.
Ayni maqsadlarga erishish uchun koʻp millatli xalqimizning birdamligi, oʻzaro ahilligini madaniyat va sanʼat orqali yanada mustahkamlash yoʻlida har ikki tomonning masʼulligi ertangi kun istiqboli uchun xizmat qiladi.