Xorijiy talabalar uchun TTJ

FAQs TTJ

 

Akademiyada chet ellik talabalar uchun yotoqxona bormi?

 

– Chet ellik talabalar uchun alohida yotoqxonalar mavjud emas, chunki ular o’zbek madaniyatiga tezroq integratsiyalashuvi, universitet va shahar hayoti bilan yaqindan tanishish va ularning til ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida o’zbek talabalari bilan birga joylashtiriladi. Yotoqxona 2019 yil qurilgan va yuvinish xonasi va oshxona bilan jihozlangan.

 

Talabalar turar joyi o‘quv binolaridan uzoqdami?
Yotoqxona akademiyaning binosida  joylashgan.
Bir xonada qancha odam yashaydi?
Talabalar uch va besh o‘rinli turar joy bilan ta’minlangan.
Obyektlar qayerda joylashgan (dush, hojatxona)?
– Obyektlar (dush, hojatxona) umumiy binoning har bir qavatda joylashgan.
Oshxona qayerda joylashgan? Maishiy texnika va anjomlar bilan jihozlanganmi?
– Yotoqxonada oshxona har bir qavatda joylashgan. Oshxonalar elektr pishirgichlar va asosiy idishlar to’plami bilan jihozlangan.
Akademiyada talabalarga ko’chib o’tishda ularga nima beradi?
– Talabalar kelgandan so’ng quyidagi mebellar bilan ta’minlanadi: karavot, shkaf, stol, stul, ko’rpa-to’shak, shuningdek, matras, adyol, yostiq va choyshablar.
Yotoqxonada Wi-Fi bormi?
– Yotoqxonalarda bepul Wi-Fi mavjud. Talabalar shaxsiy login va parol orqali kirishlari mumkin.
Yotoqxona binosida qo’shimcha imkoniyatlar mavjudmi?
– Barcha uchun bepul kir yuvish, sport zali, o’qish va dam olish uchun xona mavjud
Yotoqxona uchun oylik to’lov qancha?
O’rtacha, turar joy oyiga 350 000 so’mni tashkil qiladi, xarajat turar joy turiga bog’liq.
Yotoxona atrofida nimalar mavjud?
“Do‘stlik” madaniyat va istiroxat bog‘i, polklinika,  sport zali, o‘quv markazlari