REKTOR TABRIGI

O`zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich

 

BARCHA RAQS SANʼATI VAKILLARIGA “29-APREL – XALQARO RAQS KUNI” MUBORAK BOʻLSIN!

Oʻzbek raqs sanʼatining barcha vakillarini: fidoiy ustozlar, zahmatkash xoreograf-baletmeysterlar, yosh raqqos va raqqosalar, shuningdek, sohada faoliyat olib borayotgan barcha xodimlar va talabalarni bugungi “Xalqaro raqs kuni” bilan muborakbod etaman.

Inson qalbining nozik hislarini, orzu-umidlarini nafis harakatlarda ifodalovchi raqs sanʼatimizning istiqboli yorqin boʻlishida kamarbasta boʻlib xizmat qilayotgan barcha fidoiylarga oʻz extiromimni bildiraman.

Bugungi bayram raqsni sevgan barcha-barchaning bayramidir. Shu munosabat bilan, Siz azizlarga, sogʻlik-salomatlik, oilangizga tinchlik, hotirjamlik, turmushingizga toʻkislik, sohada olib borayotgan fidokorona faoliyatlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman!

Yosh isteʼdod sohiblariga ulkan marralarni zabt etishlarini, jahon sahnalarida olqishlar, yuksak eʼtiroflarga sazovor boʻlib, Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, Mukarrama Turgʻunboyeva kabi buyuk ustozlarga munosib izdosh sifatida oʻzbek raqs sanʼati dovrugʻini dunyoga yanada keng yoyishlarini, xalqaro maydonda yurtimiz nufuzini betakror raqslari bilan yuksaklarga olib chiqishlarini tilakdoshiman!
Sizlarni gʻayrat, shijoat, kasbga mehr-muhabbat hech qachon tark etmasin!
Yana bir bor ayyomingiz bilan, azizlar!

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Shuhrat TOXTASIMOV