TALABALAR UCHUN DAVLAT STIPENDIYALARI

QANDAY DAVLAT STIPENDIYALARI BOR ULARGA HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN NIMALAR TALAB ETILADI? QUYIDA BATAFSIL TANISHIB OLISHINGIZ MUMKIN.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “О‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish tо‘g‘risida” gi qaroriga kо‘ra har yili mamlakatimizda qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli о‘quvchilar, talabalar va magistrantlarni qо‘llab-quvvatlash, hamda munosib taqdirlashga alohida e’tibor berib kelinmoqda.

Qanday nomli davlat stipendiyalari bor?

“О‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish tо‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining 226-son (13.10.2008) Qaroriga binoan, О‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bо‘yicha о‘qiyotgan talabalariga quyida nomdagi Davlat stipendiyalari joriy etilgan. Bular:

Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi;

Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi;

Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi;

Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi;

Imom al-Buxoriy nomidagi davlat stipendiyasi;

Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi.

Nomli davlat stipendiyalari qaysi kurs talabalariga beriladi?
Nomli davlat stipendiyalari bakalavriat bо‘yicha о‘qiyotgan oxirgi ikki kurs talabalariga tayinlanadi. Masalan, 4 yillik о‘qishda 3-4 kurslar, 6 yillik о‘qishlarda esa 5-6 kurs talabalariga tayinlanadi.

Davlat stipendiyalari soni kelgusi о‘quv yili uchun joriy о‘quv yili oxirida О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Talabaga stipendiya berishda qaysi mezonlarga qaraladi?
Stipendiyalarni tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:

a’lo о‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;

tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish;

bakalavriatdagi ta’lim yо‘nalishi xorijiy til hisoblangan alohida hollarda qо‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish;

О‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bо‘lmagan shaxslar uchun esa о‘qish olib boriladigan tilni qо‘shimcha ravishda bilish talab qilinadi;

Stipendiyaga sazovor bо‘lgan talabalarga maxsus guvohnomalar beriladi va talabalarning о‘qish joyida tantanali vaziyatda topshiriladi.

Qanday hujjatlar topshirish kerak?

Davlat stipendiyasiga talabgorlar dastlabki kо‘rib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni taqdim qiladilar:

♦️ sinov daftarchasidan kо‘chirma;

♦️ dekanat, kafedraning tavsiyanomasi;

♦️ ilmiy (ijodiy) ish rahbarining fikr-mulohazasi;

♦️ ilmiy (ijodiy) ishlar nusxasi

ilmiy (ijodiy) yutuqlar nusxasi (diplom, sertifikat, tashakkurnoma va h.k)
tillar kafedrasining suhbat natijalari haqidagi ma’lumotnomasi.
♦️ Talaba Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bо‘limiga hujjatlarni topshiradi. Barcha hujjatlar jildga tikilgan va muqovalangan holda taqdim etiladi. Muqovada davlat stipendiyasining nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, kursi, guruhi kо‘rsatiladi. Talaba tahsil olayotgan oliygoh о‘zining talablaridan kelib chiqqan holda qо‘shimcha hujjatlar talab qilishi mumkin. OTM ma’muriyati ilmiy kengash qarori asosida stipendiya tayinlash haqida Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tavsiyanoma jо‘natadi.

Vazirlik tomonidan qachon kо‘rib chiqiladi?

О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta kо‘rib chiqadi. Kо‘rib chiqish muddati — 10—25-sentabr.

Davlat stipendiyalariga sazovor bо‘lgan talabalarga qanday guvohnomalar beriladi?

“Beruniy davlat stipendiyasining sohibi”;

“Ibn Sino davlat stipendiyasining sohibi”;

“Navoiy davlat stipendiyasining sohibi”;

“Ulug‘bek davlat stipendiyasining sohibi”;

“Imom al-Buxoriy davlat stipendiyasining sohibi”;

“Islom Karimov davlat stipendiyasining sohibi”.

Guvohnomalar talabalarning о‘qish joyida tantanali vaziyatda topshiriladi.

Stipendiat bо‘lgan talabalarga qanday imtiyozlar bor?

Davlat stipendiyalariga sazovor bо‘lgan talabalar bakalavriatni tugatganidan sо‘ng bir yil mobaynida, tegishli mutaxassislik bо‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, grant asosida qabul qilinadilar. (Kichik izoh: Nomli davlat stipendiya sohiblari magistraturaning turdosh bо‘lmagan mutaxassisliklarga imtihonsiz qabul qilinmaydi. Agar stipendiat magistraturaning turdosh bо‘lmagan mutaxassisligiga hujjat topshirmoqchi bо‘lsa, unda ularga imtiyoz qо‘llanmaydi va umumiy asoslarda imtihonga topshirishi mumkin. Asos: Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 7-bandi.)
Davlat stipendiyalariga sazovor bо‘lgan talabalar о‘qishni tugatganlaridan sо‘ng bir yil mobaynida magistraturada о‘qishni davom ettirish uchun xorijga yuborilayotgan yoshlar guruhlari tarkibiga kiritilishda ustunlikka ega bо‘ladilar.

DIQQAT: Talabalarni kundalik darslarni о‘zlashtirmaganlik, о‘quv intizomini va ilmiy odob-axloqni buzganlik uchun о‘quv yili mobaynida davlat stipendiyalaridan mahrum qilish davlat oliy ta’lim muassasalari taqdimnomalariga binoan tegishli vazirliklar va idoralar buyruqlari bilan amalga oshirilishi mumkin.

ESLATMA: Davlat stipendiyalariga hujjat topshirmoqchi bо‘lgan talabgorlar shunga alohida e’tibor qaratishi kerakki, nomzodlar uchun qо‘yiladigan eng asosiy talab bu – ilmiy (ijodiy) ishlar hisoblanadi. Talaba bakalavr bosqichining dastlabki kursidan boshlab talaba ma’lum bir yо‘nalish va ilmiy (ijodiy) ustoz tanlab olish lozim. Shuningdek, tanlab olingan mavzu yо‘nalishida ilmiy (ijodiy) ishlarni puxta tayyorlab borish maqsadga muvofiq. Talabaning davlat stipendiyasiga munosib ekanligi asosan uning ilmiy ishlari belgilaydi. Shuning uchun ilmiy (ijodiy) ishlarga e’tibor qaratish eng muhim jarayonlardan hisoblanadi.

 

Prezident Davlat stipendiyasi qaysi kurs talabalariga beriladi? prezident stipendiyasini olish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari kimlarga beriladi? Stipendiya qaysi yo‘nalishlar va mezonlar bo‘yicha beriladi? Prezident davlat stipendiyasi uchun qanday hujjatlar topshirish kerak? Bu haqda quyida batafsil tanishib olishingiz mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” gi qaroriga ko‘ra har yili mamlakatimizda qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli o‘quvchilar, talabalar va magistrantlarni qo‘llab-quvvatlash, hamda munosib taqdirlashga alohida e’tibor berib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari kimlarga beriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasalari (bakalavriat va magistratura bo‘yicha alohida) talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi.

Stipendiya qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha beriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi kvotasi (o‘n bitta) quyidagi ta’lim yo‘nalishlaridan har biri bo‘yicha bittadan stipendiya hisobidan bakalavriat va magistratura uchun alohida-alohida taqsimlanadi:

qishloq va suv xo‘jaligi;
texnika va informatika;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot;
ijtimoiy-gumanitar va ijtimoiy fanlar;
tabiiy fanlar;
biznes va boshqaruv;
pedagogika;
madaniyat, san’at va sport;
xorijiy tillar;
huquq va xalqaro munosabatlar;
jurnalistika.

Ushbu ro‘yxatga Vazirlar Mahkamasi tomonidan har o‘quv yili boshida, ta’lim yo‘nalishlaridagi ustuvorliklarni o‘zgartirishning maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiyasiga binoan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

Stipendiya qanday mezonlar asosida beriladi?

Talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:

umumta’lim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uyg‘unlashtirish;
yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
kamida ikkita e’lon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;
tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari), bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi yoki magistraturadagi mutaxassislik xorijiy til bo‘lgan taqdirda esa qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi;
O‘zbekiston tarixini bilish.

Ushbu mezonlar bilish qanday aniqlanadi?

Tillarni, axborot texnologiyalarini, O‘zbekiston tarixini bilish bo‘yicha talab darajalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar ushbu fanlar bo‘yicha o‘z bilim darajasini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida (mintaqalar bo‘yicha) maxsus test sinovlari topshiradilar.
Markaz yakuniy vedomostlarni test sinovlari natijalari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.

Prezident davlat stipendiyasi uchun qanday hujjatlar topshirish kerak?

Talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni topshiradilar:

sinov daftarchasidan ko‘chirma;
dekanat, kafedra tavsiyanomasi;
ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;
rahbarning fikr-mulohazalari;
ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;
ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari;
ilmiy (ijodiy) yutuqlar nusxasi (diplom, sertifikat, tashakkurnoma va h.k)

Talabalar Iqtidorli talabalarning olmiy-tadqiqot faoliyatini tasgkil etish bo‘limiga hujjatlarni topshiradi. Barcha hujjatlar ikki nusxada taqdim qilinadi. Hujjatlarning har bir to‘plami jildga joylanadi, har bir jild muqovasida ishni taqdim qilgan muassasaning nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, ishning nomi ko‘rsatiladi.

Talaba tahsil olayotgan oliygoh o‘zining talablaridan kelib chiqqan holda qo‘shimcha hujjatlar talab qilishi mumkin.

Hujjatlarni ko‘rib chiqish ketma-ketligi qanday amalga oshiriladi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga nomzodlar ko‘rsatish, talabgorlar nomzodlarining o‘qishdagi va ilmiy (ijodiy) faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ommaviy ravishda muhokama qilingandan so‘ng, davlat oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish orqali, oddiy ko‘pchilik ovoz bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalarini tayinlash uchun stipendiatlar nomzodlarini ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qiladilar.
Ilmiy kengashlar qarorlari vazirliklar va muassasalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tavsiyanoma yuborishi uchun asos hisoblanadi.
Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati qarori bilan amalga oshiriladi.
Stipendiyalar tayinlanishidan avval talabgorlarning belgilangan mezonlarga muvofiq bilim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarlik darajasi puxta ekspertizadan o‘tkaziladi.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:

maxsus tanlov komissiyasi tuzadi;

talabgorlarning ta’lim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarligi darajasini baholash maqsadida yo‘nalishlar bo‘yicha ekspertlar guruhlari tuzadi;

Davlat test markazi bilan birgalikda axborot texnologiyalari, O‘zbekiston tarixi, xorijiy tillar bo‘yicha imtihon komissiyalarini tashkil etadi, test topshiriqlarini ishlab chiqadi;

tanlov komissiyasi va ekspert guruhlarining ish tartibini belgilaydi;

tanlov komissiyasi majlislarini o‘tkazish muddatlarini belgilaydi.

Tanlov komissiyasi talabgorlarning yakuniy tanlovini yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazadi hamda talabgor va uning ishi uchun ovoz berishda ishtirok etgan komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ovoz berganda talabalar nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tavsiya qiladi.

Agar ovoz berishdan so‘ng talabgorlar soni belgilangan kvotadan ko‘p bo‘lsa, ustunlik eng ko‘p ovoz olgan talabgorlarga beriladi.

Tanlov komissiyasining qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati tasdiqlagandan so‘ng kuchga kiradi.

Tanlov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi bo‘lolmagan, lekin eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan tanlov qatnashchilarini boshqa davlat stipendiyalariga tavsiya qilish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’atining qarori davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash va to‘lash haqida buyruq tayyorlashi uchun asos bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari talabalarga har yili, bir o‘quv yili uchun, 1-sentyabrdan boshlab, belgilangan miqdorlarga qat’iy rioya qilingan holda tayinlanadi.

Vazirlik tomonidan qachon ko‘rib chiqiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta ko‘rib chiqadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati — 1—15-avgust, ko‘rib chiqish muddati — 10—25-sentyabr.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalarga “Prezident stipendiyasining sohibi” guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati majlisida tantanali ravishda topshiriladi.

Stipendiat bo‘lgan talabalarga qanday imtiyozlar bor?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohiblari bo‘lgan bakalavriat talabalari oliy ta’lim muassasasini bitirgach, ikki yil davomida magistraturaga davlat granti asosida, magistratura talabalari tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga o‘qitish uchun qabul kvotasi asosida qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan talabalar o‘qishni tamomlagandan so‘ng ikki yil mobaynida magistraturada (bakalavr-stipendiatlar uchun) o‘qishni davom ettirish maqsadida xorijga yuborilish huquqini saqlab qoladilar.

DIQQAT: Kundalik darslarni o‘zlashtirmaydigan, o‘quv intizomini va ilmiy odob-axloqni buzgan talabalarni o‘quv yili mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilish tasarrufida talaba o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.

 

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bо‘limi

Bosh bino 2-01-xona